«olimpiya o‘yinlari» tegli maqolalar


Prezident Parijdagi Olimpiya o‘yinlarida yakka kurashdan boshqa sport turlaridan ham medallar kutmoqda
5 fevral 2024, 17:45

Prezident Parijdagi Olimpiya o‘yinlarida yakka kurashdan boshqa sport turlaridan ham medallar kutmoqda

Shavkat Mirziyoyev Parijda bo‘ladigan Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga qattiq tayyorgarlik ko‘rishni tayinladi. “Bu yilgi yutuqlarni Tokiodagi kabi faqat yakka kurash sport turlari hisobidan qo‘lga kiritamiz, degan fikr mutlaqo noto‘g‘ri. Natija tarixda eng yaxshisi bo‘lishi uchun hozirdan chora ko‘rish kerak”, dedi u.

Pekin-2022: Komiljon To‘xtayevning natijasi inobatga olinmadi
16 fevral 2022, 11:34

Pekin-2022: Komiljon To‘xtayevning natijasi inobatga olinmadi

Pekin-2022 qishki Olimpiya o‘yinlarida tog‘ chang‘isi sportining slalom yo‘nalishida Komiljon To‘xtayev 42-natijani qayd etdi. Biroq, dasturdagi texnik xato tufayli uning natijasi hakamlar tomonidan hisobga olinmadi. Shu bilan uning Olimpiadadagi ishtiroki yakunlandi.

O‘zbekiston 2022 yilgi qishki Olimpiya o‘yinlariga ilk yo‘llanmani qo‘lga kiritdi
1 noyabr 2021, 14:04

O‘zbekiston 2022 yilgi qishki Olimpiya o‘yinlariga ilk yo‘llanmani qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik chang‘ichi Komiljon To‘xtayev 2022 yilda Pekinda bo‘lib o‘tadigan qishki Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

«Jangda nima qilishni biz ham bilamiz, lekin yoshimiz o‘tib bo‘ldi» — Rahmatjon Ro‘zioxunov
4 sentabr 2021, 12:00

«Jangda nima qilishni biz ham bilamiz, lekin yoshimiz o‘tib bo‘ldi» — Rahmatjon Ro‘zioxunov

Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi murabbiyi Rahmatjon Ro‘zioxunov «Gazeta.uz»ga bergan intervyusida nega murabbiylikni tanlagani, Bahodir Jalolovga qanday motivatsiya berganligi, shogirdlarini qanday tarbiyalashi va Olimpiada finalidan keyingi hissiyotlari bilan o‘rtoqlashdi.

Prezident Olimpiadada ishtirok etgan sportchilar va murabbiylarni mukofotladi
13 avgust 2021, 21:51

Prezident Olimpiadada ishtirok etgan sportchilar va murabbiylarni mukofotladi

Shavkat Mirziyoyev Tokio Olimpiadasida O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilgan sportchilar va ularning murabbiylarini taqdirladi. Bokschi Bahodir Jalolovga «Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni, taekvondochi Ulug‘bek Rashitovga — «O‘zbekiston iftixori» faxriy unvoni, Oksana Chusovitinaga esa — «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi» faxriy unvoni berildi.

Olimpiya terma jamoasining parad formasi va ekipirovkasi: ishlab chiqaruvchilar haqida nimalar ma’lum?
27 iyul 2021, 07:33

Olimpiya terma jamoasining parad formasi va ekipirovkasi: ishlab chiqaruvchilar haqida nimalar ma’lum?

O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi 7SABER (grafik belgi Otabek Umarov tomonidan yaratilgan) brendi ostidagi ekipirovka va sport kiyimida qatnashmoqda, O‘yinlar ochilish marosimi uchun parad formasini esa Ideal brendi tayyorladi. «Gazeta.uz» forma qay tarzda tanlangani va ishlab chiqaruvchilar haqida ma’lumot to‘pladi.

Tokio-2020. 26 iyul uchun O‘zbekiston sportchilari ishtiroki jadvali
26 iyul 2021, 01:45

Tokio-2020. 26 iyul uchun O‘zbekiston sportchilari ishtiroki jadvali

Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarining uchinchi kunida beshta sport turi bo‘yicha 7 nafar o‘zbekistonlik ishtirok etadi.

Tokio-2020. Birinchi kunda o‘zbekistonliklar birorta ham g‘alabaga erishmadi
24 iyul 2021, 20:31

Tokio-2020. Birinchi kunda o‘zbekistonliklar birorta ham g‘alabaga erishmadi

Tokiodagi yozgi Olimpiadaning birinchi kunida bahslarga kirishgan qariyb barcha o‘zbekistonlik sportchilar mag‘lubiyatga uchrab, musobaqalarni tark etdi. Faqatgina eshkak eshuvchilar yarim finalda qo‘shimcha o‘rin uchun kurashish imkoniyatini saqlab qoldilar.

Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida qatnashuvchi toshkentlik sportchilarga 100 mln so‘mdan berildi
17 iyul 2021, 12:49

Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida qatnashuvchi toshkentlik sportchilarga 100 mln so‘mdan berildi

Tokio-2020 yozgi Olimpiya hamda Paralimpiya o‘yinlariga yo‘llanmalarni qo‘lga kiritgan jami 40 nafar toshkentlik sportchining har biri 100 mln so‘m mukofot puli bilan rag‘batlantirildi.

Tokiodagi Olimpiadada ishtirok etadigan O‘zbekiston terma jamoasi tarkibi e’lon qilindi
12 iyul 2021, 17:45

Tokiodagi Olimpiadada ishtirok etadigan O‘zbekiston terma jamoasi tarkibi e’lon qilindi

Tokiodagi Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston sharafini 71 nafar sportchi himoya qiladi. O‘zbekistonlik sportchilar 17 ta sport turi bo‘yicha kurash olib boradilar — eng ko‘p sportchilar boks va dzyudoda (sportchilarning to‘liq ro‘yxati va ikkinchi kun musobaqalar dasturi).

Jahon yangiliklari dayjesti
7 may 2021, 20:28

Jahon yangiliklari dayjesti

Qozog‘istonda emlanmagan davlat organlari xodimlarining ishga kiritilmasligi, Saudiya Arabistonida qarzi uchun qamoqqa olinganlarning kreditlari to‘lanishi, Tog‘li Qorabog‘dagi Shusha shahri Ozarbayjonning madaniy poytaxti deb e’lon qilingani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritganlarga pul mukofoti beriladi
4 may 2021, 11:57

Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritganlarga pul mukofoti beriladi

Yozgi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan sportchilar va ularning trenerlariga bir martalik pul mukofotlari beriladi. Bundan taqshari, nufuzli musobaqalar g‘oliblari uchun 5 mlndan 7 mln so‘mgacha bo‘lgan stipendiyalar joriy etiladi. Bu boradagi taqdimot dushanba kuni prezident Shavkat Mirziyoyevga taqdim etilgan.

Prezident Olimpiadaga tayyorgarlikni qoniqarsiz deb baholadi
4 may 2021, 09:15

Prezident Olimpiadaga tayyorgarlikni qoniqarsiz deb baholadi

Shavkat Mirziyoyev Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlikni tanqid qildi. U yo‘llanmalar sonini oshirish uchun sportchilar va ularning jamoalarini qo‘llab-quvvatlash zarurligini ta’kidladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting